21:36 / 06.07.2015
8388

Qozog‘istonda tayyorlangan eng katta beshbarmoq Ginness rekordlar kitobiga kiritildi

6 iyul kuni Qozog‘iston poytaxti Ostonada Poytaxt kunining nishonlanishi davomida dunyodagi eng katta beshbarmoq porsiyasi tayyorlandi. Ushbu qozoq milliy taomining umumiy og‘irligi 736,5 kg ni tashkil qildi.

Rekord natijani qayd qilish uchun Ostonaga Ginness rekordlar kitobining supervayzeri Shaydo Subashiy Gamijiy maxsus taklif qilindi. Gamijiyning qayd qilishicha, bu qozog‘istonliklar tomonidan qayd qilingan uchinchi jahon rekordi bo‘ldi.

Bu rekordlar orasida birinchisi qozog‘istonlik olimlar guruhi avtomobillarda Shimoliy qutb – Antarktidani eng tez, ya'ni 108 soatda zabt etganlari rekordi bo‘lgan. Ikkinchi rekord esa 2015 yilning mayida qayd etilgan – Qozog‘istonda 687 kg keladigan dunyodagi eng katta lag‘mon porsiyasi tayyorlangan.

Rekord darajadagi beshbarmoq Turkistondan maxsus olib kelingan katta Toyqozonda tayyorlandi. Taomni tayyorlash uchun 700 kg go‘sht ishlatildi, xamiri qo‘lda yoyildi. Ushbu taomdan tadbirga kelgan barcha mehmonlarga ulashildi.

Top