09:43 / 06.07.2015
3846

«Real» va «PSJ» rahbarlari Qatarda Ronalduning transferini muhokama qilishdi

"Real" klubi prezidenti Florentino Peres 4-5 iyun kunlarini Qatarda o‘tkazdi. U bu yerda "PSJ" klubi rahbariyati bilan uchrashdi.

France Football nashrining xabariga ko‘ra, tomonlar Krishtianu Ronalduning transferi borasida gaplashishgan.

Biroz olddinroq UYeFA "PSJ"dan feyr-pley qoidalari bo‘yicha cheklovlarni olib tashlagandi. Endi ular yozgi transferlarda katta miqdordagi mablag‘ sarflay olishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli Ronalduning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilgacha davom etadi. Bu mavsumda u 54ta o‘yinda 61ta gol urishga erishgan.

Top