08:26 / 06.07.2015
5423

Ronalduning matbuot kotiblari uning jahlini chiqarishdi

"Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu jurnalistlarga berayotgan intervyusini uzilib qolishiga sababchi bo‘lgan o‘z matbuot kotiblaridan jahli chiqdi.

Jurnalistlar Ronaldudan Ramosning “Real”dan ketishi mumkinligi haqida so‘rashayotganda, matbuot xizmati xodimlari bu intervyuni uzib qo‘yishgan.

Shundan so‘ng u Stiven Jyerrardning "Los-Anjyeles Gelaksi" jamoasiga o‘tishi va o‘zining "Real" bilan shartnomasining qachongacha davom etishi haqidagi savollarga javob bergan.

“Men bu jurnalistlarga nisbatan yomon munosbatda bo‘lgandek ko‘rinishimni istaysizlarmi? Umuman olganda, jurnalistlar bilan aloqa qilish sizlarning vazifangizga kiradi. Endilikda men ular oldida ahmoqqa o‘xshab qoldim”, - degan Ronaldu jahl bilan.

Top