07:10 / 07.07.2015
2090

“Yuventus” Pirloning “Nyu-York Siti”ga o‘tganini e'lon qildi

Italiya terma jamoasi va “Yuventus” yarimhimoyachisi Andrea Pirlo o‘z faoliyatini “Nyu-York Siti”da davom ettiradigan bo‘ldi.

Turin klubi 36 yoshli futbolchi bilan shartnomani o‘zaro kelishilgan holda bekor qilingani va uning AQSh oliy ligasi (MLS)ga ketganini ma'lum qildi.

Avvalroq Pirlo AQShda yiliga 5-6 mln dollar maosh olishi ma'lum qilingandi.

Pirlo “Yuventus” safida 4 mavsum davomida to‘p surgan.

Top