09:01 / 07.07.2015
4481

Yerevanda namoyishchilardan biri o‘z og‘zini tikib qo‘ydi

Yerevanda Armanistonda elektr energiya narxining oshishiga qarshi bo‘lib o‘tayotgan norozilik namoyishlarining ishtirokchilaridan biri o‘zining fuqarolik pozitsiyasini bildirish maqsadida o‘z og‘zini tikib qo‘yishga qaror qildi.

Bu haqda “Interfaks” axborot agentligiga namoyishchilaridan biri, ochlik e'lon qilgan David Sanasaryan ma'lum qildi.

Yerevanda norozilik namoyishlari 19 iyunda boshlandi. Mahalliy aholi mamlakat hukumatining elektr energiyaga narxlarni oshirish haqidagi qaroriga qarshi noroziliklarini bildirib, ko‘chalarga chiqishdi. Namoyishchilar o‘z noroziliklari ifodasi sifatida Yerevandagi Mustaqillik maydonidan Marshal Bagramyan ko‘chasigacha yurib o‘tishdi.

23 iyunda politsiya kuch ishlatib, namoyishchilarni tarqatib yubordi. Biroq keyinroq namoyishchilar yana ko‘chalarga chiqishgan va bu namoyishlar hozirgi kungacha davom etib kelmoqda.

Top