10:10 / 07.07.2015
3795

Instagram fotosuratlar sifatini oshirdi

Instagram fotoxizmati fotosuratlar sifatini 640x640 nuqtadan 1080x1080 nuqtagacha oshirdi. Bu haqda The Verge xabar bermoqda.

Kompaniyaning o‘zi bu yangilik haqida hech narsa ma'lum qilmadi. Fotosuratlar sifatining oshirilganiga xizmat veb-versiyasining dastlabki kodini ko‘rish orqali ishonch hosil qilish mumkin. Unda saytda chop etilgan yangi suratlar 1080x1080 nuqtaga egaligini ko‘rish mumkin.

Avvalroq Instagram fotosuratlarning past sifati uchun bir necha bor tanqid qilingan edi. 640 nuqtaga ega fotosuratlar 1334x750 va 1920x1080 nuqta ko‘rsatish qobiliyatiga ega displeyli iPhone 6 smartfonlari uchun sezilarli darajada kichiklik qila boshladi. Android asosida ishlovchi smartfonlar 2013 yildan ommaviy ravishda yuqori ko‘rsatish qobiliyatiga ega displeylar bilan jihozlana boshlandi, o‘shanda Instagram`dagi fotosuratlar bundan ham kamroq sifatda, ya'ni 612x612 nuqta ko‘rsatish qobiliyatiga ega bo‘lgan. Natijada dastur fotosuratlarni ekran uzunligiga cho‘zardi va buning oqibatida suratlar sifati yomonlashardi.

Top