00:11 / 07.07.2015
4358

Jizzaxda qarindoshining qizini tanlovdan o‘tkazib berish bahonasida pul olgan firibgar qo‘lga olindi

Jizzax viloyatining Yangiobod tumanida istiqomat qiluvchi Sultonmurod ismli shaxs o‘z qarindoshini aldab, undan 5 mln so‘m olgani bois firibgarlikda ayblanib, qamaldi. Bu haqda “Postda” gazetasi yozmoqda.
Aytilishicha, Sultonmurodning yaqin qarindoshi – To‘ramurodning qizi viloyat ko‘rik-tanlovida g‘olib bo‘lib, respublika bosqichiga yo‘l oldi. Bundan foydalanib, Sultonmurod qarindoshinikiga yo‘l olib, Toshkentda tanishi borligini, u tanlovning respublika bosqichiga aloqadorligini va ma'lum pul evaziga sovrinli o‘rin olib bera olishini ma'lum qildi. Bunga ishongan To‘ramurod qarindoshiga 5 mln so‘m berib yubordi.
Ammo tanlovning respublika bosqichida To‘ramurodning qizi sovrinli o‘rinni qo‘lga kirita olmadi. Buning natijasida qarindoshlar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi, Sultonmurod pul olganini inkor qildi. To‘ramurod aka IIBga murojaat qilishga majbur bo‘ldi.
O‘tkazilgan surishtiruv ishlari davomida voqea tafsilotlari oydinlashib, Sultonmurod o‘z aybini tan oldi.

Top