15:23 / 07.07.2015
1895

"Manchester Yunayted" 20 mln yevro evaziga Darmianni transfer qilish arafasida turibdi

"Torino" jamoasining italiyalik himoyachisi Matteo Darmian "Manchester Yunayted" jamoasiga o‘tishga yaqin turibdi.

Sky Sports nashri ma'lumotlariga ko‘ra, inglizlar ushbu 25 yoshli futbolchi uchun 20 mln yevro sarflashga tayyorliklarini bildirishgan.

Qayd etilishicha, "MYu" rahbariyati Darmian bilan shaxsiy kelishuvga erishib bo‘lgan.

Biroz oldinroq, "qizil iblislar" bu futbolchi uchun 12 mln yevro takilf qilishgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma'lumot uchun, Darmian yakunlangan mavsumda "Torino" safida 33 o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan hamda bir marta golli pas amalga oshirgan holda jamoasi bilan chempionatning 9 o‘rnini egallagan.

Top