17:05 / 07.07.2015
1867

"Manchester Yunayted" Myuller uchun "Bavariya"ga 82 mln yevro taklif qildi

"Manchester Yunayted" jamoasi "Bavariya" hujumchisi Tomas Myullerni o‘z tarkibiga qo‘shib olish bo‘yicha harakatlarini davom ettirmoqda.

Sport1 nashrida yozilishicha, inglizlar bu futbolchi uchun "Bavariya"ga 82 mln yevro taklif qilishgan.

"Bavariya" jamoasi direktorlar kengashi vakili Karl-Xaynts Rumminigge "MYu" jamoasining vitse-prezidenti Ed Vudvord bilan uchrashgani va shu transfer xususida gaplashgani aytilmoqda.

Biroz oldinroq, nemislar Di Mariya uchun "MYu"ga Robben va Myullerni taklif qilishgani xabar qilingandi.

Keyinroq esa "Bavariya" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola hamda Myuller o‘rtasida mashg‘ulot chog‘ida nizo yuz bergani haqida xabar tarqaldi.

Top