14:40 / 07.07.2015
5912

MTSning Ukraina bo‘limi Rossiya brendidan voz kechishi mumkin

Rossiyaning MTS operatori ayni kunlarda yirik xalqaro telekommunikatsion operatorlar bilan Ukraina hududida ularning brendidan foydalanish huquqini olish borasida muzokaralar olib bormoqda, deb yozmoqda “Izvestiya” gazetasi.

Rossiya kompaniyasi Ukraina rahbariyatining bosim o‘tkazishidan tashvishda. Kompaniya mutasaddilarining umid qilishicha, rebrending “Ukraina MTS”ning bosh idora bilan aloqasini xaspo‘shlashga yordam beradi.

Boshqa manbalarda aytilishicha, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muammolar tufayli MTS xizmatlari yomon sotilmoqda. Rebrending uchun tanlangan hamkorlar Richard Brensonning Virgin va Britaniyaning Vodafone kompaniyalari bo‘lishi mumkin.

Top