17:08 / 07.07.2015
3277

«Oushenning o‘n bir do‘sti» filmi prodyuseri Jyerri Vayntraub vafot etdi

Mashhur film «Oushenning o‘n bir do‘sti»da prodyuser sifatida faoliyat olib borgan Jyerri Vayntraub 77 yoshida vafot etdi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar tarqatmoqda.

Manbaning yozishicha, Jyerri Vayntraub AQShning Santa-Barbara shahrida (Kaliforniya shtati) vafot etgan. Uning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Prodyuser «Oushenning o‘n bir do‘sti»dan tashqari «Neshvill», «Karatechi» va boshqa filmlarda prodyuser sifatida ishlab kelgan.

Jyerri Vayntraub 1937 yilda Nyu-Yorkda tug‘ilgandi. 1985 yilda u United Artists kinostudiyasini boshqargan. Oradan besh oy o‘tib, kompaniya rahbarlari bilan kelib chiqqan mojaro sabab bu lavozimidan ketgandi.

Top