10:39 / 07.07.2015
6084

O‘zDJTU yangi logotipi va slogani uchun eng yaxshi g‘oyalar tanlovi o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rahbariyati universititetning logotipi va sloganini yaratish uchun eng yaxshi g‘oyalar tanlovi o‘tkazmoqda.

Ushbu tanlov asosida universitetning yangi ramzlariga aniqlanadi.

Tanlov "Eng zo‘r logotip yaratuvchisi" va "Eng zo‘r slogan yaratuvchisi" nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblarni aniqlaydi. G‘oliblar qimmatbaho va kutilmagan sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad yangi infrastruktura va o‘zgacha qiyofaga ega bo‘layotgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining yangi logotipini yaratish hisoblanadi.

Tanlovda O‘zDJTU talabalari va o‘qituvchilari, shuningdek, barcha xohlovchilar, keng jamoatchilik vakillari shaxsiy g‘oyalari asosida yaratilgan ishlari bilan qatnashishlari mumkin. Qatnashchilar yoshi bo‘yicha chegara mavjud emasligi aytilgan.

Logotip hamda slogan o‘zida Jahon tillari universitetining yangi qiyofasi, salohiyati va yutuqlarini, eng yaxshi jihatlari, o‘ziga xosligini aks ettirgan bo‘lishi logotip va sloganga qo‘yiladigan asosiy talablar hisoblanadi.

"Eng zo‘r logotip yaratuvchisi" nominatsiyasi uchun qabul qilinadigan hujjatlar:
- ishtirokchining o‘zi haqida qisqacha shaxsiy ma'lumot;
-3,5x4,5 hajmadagi 2 dona fotosurat;
-tanlovga taqdim etilayotgan loyihaning qisqacha mazmuni (yozma shaklda izohlanadi);
-Logotip elektron ko‘rinishi ((TIFF, PSD yoki JPG formatda, 1500px.hajmda bo‘lishi shart);

"Eng zo‘r slogan yaratuvchisi" nominatsiyasi uchun qabul qilinadigan hujjatlar:
- Ishtirokchining o‘zi haqida qisqacha shaxsiy ma'lumot;
-3,5x4,5 hajmadagi 2 dona fotosurat;
-tanlovga taqdim etilayotgan loyihaning qisqacha mazmuni;
-slogan ko‘pi bilan 2-4 so‘zdan tashkil topishi (masalan, "Biz bilan kelajakka!", "Jahon sari yuzlan") va qisqa satrda keng ma'no berishi shart;

Tanlov uchun murojaatlar shu yilning 25 iyuligacha davom etadi.
Ariza va hujjatlar uzswlu_page@mail.ru elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.

Murojaat uchun telefonlar: +998 91 163 28 50, +998 90 539 99 04

Top