20:49 / 07.07.2015
5592

Saudiya Arabistoni podshohi beparvo bo‘lmaslikka chaqirdi

Ikki muqaddas haram xodimi, Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz al-Saud Ramazon oyida Saudiyaga tashrif buyuradigan ziyoratchilarni munosib kutib olish va kuzatish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Unda Saudiya qiroli tomonidan haj va umra masalalari bo‘yicha ish yurituvchi barcha tashkilot mutasaddilariga muborak oy davomida Saudiya Arabistoniga tashrif buyuradigan ziyoratchilarni barcha shart-sharoitlar bilan ta'minlash borasida ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, Qirol ikki muqaddas haram va ularga olib boruvchi yo‘llarda yuzaga keladigan tirband holatlarning oldini olish hamda mehmonlarga xizmat ko‘rsatishda beparvolikka berilmasdan tezkor bo‘lishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, Podshoh dushanba kuni Makkai Mukarramadagi qarorgohida bo‘lib o‘tgan Vazirlar kengashi yig‘ilishidagi bayonotida ham ushbu masalalarga atroflicha to‘xtalib o‘tgan edi.

Manba: Muslim.uz

Top