Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Namangan shahrida yashovchi, 53 yoshli shaxsning qo‘lidagi sumkasidan 2 kilogrammdan ziyod «marixuana» giyohvandlik moddasi topilgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.