02:17 / 08.07.2015
2977

AQShda Ukrainaga qurol-aslaha yetkazib berish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagani ma'lum qilindi

AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter AQShda Ukrainaga harbiy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmaganini ma'lum qildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

Bu masalani qo‘rib chiqmoqdamiz, biroq hali u bo‘yicha qaror qabul qilmadik”, deb aytmoqda Karter.

Pentagon rahbari Ukrainaga qurol-aslaha yetkazib berish bo‘yicha senator Jon Makkeynning savoliga ijobiy javob berdi.

Avvalroq Ukraina ma'muriyati rahbari Andrey Taranov AQSh Ukrainaga 2015 yilning 1 oktabridan avvalroq qurol-aslaha yetkazib bera olmasligini ma'lum qildi.

Top