09:30 / 08.07.2015
3592

Arda Turon: “Barselona”da o‘ynashni doim orzu qilganman

“Atletiko”ning sobiq yarim himoyachisi Arda Turon “Barselona”ga o‘tishi haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Bunga ishonish qiyin. Men “Barselona”da o‘ynashni doim orzu qilardim. Ularning takliflarini eshitganimdan keyin, boshqa takliflarni eshitishni istamadim. Bu men orzu qilgan klub. Men ushbu klubga o‘tganimdan juda xursandman.

“Barsa” menga qiziqish bildirayotganini bilganimdan boshlab ushbu transfer rasman amalga oshmagunicha uyqumni yo‘qotdim. Luis Enrike meni jamoada qarshilash uchun menga qo‘ng‘iroq qildi. Bu yoqimli holat. Men uchun Suares, Neymar, Messi, Inesta bilan bir jamoada o‘ynash katta sharafdir. Messi dunyodagi eng zo‘r o‘yinchi, Inesta esa mening kumirim”, deb aytdi Turon.

Yarim himoyachining transfer shartlariga ko‘ra, madridliklar o‘yinchi uchun 34 mln yevro oladi va kelajakda qo‘shimcha to‘lovlar sifatida yana 7 mln yevro berilishi mumkin.

Top