15:47 / 08.07.2015
7027

Buyuk Britaniya fuqarosi selfi tayog‘iga chaqmoq kelib urishi oqibatida halok bo‘ldi

Buyuk Britaniya fuqarosi selfi tayoqchasiga chaqmoq kelib urilishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda The Independent xabar qilgan.
 
Xabarda aytilishicha, bu voqea 5 iyul kuni Uels janubidagi Brekon-Bikons nomli milliy xiyobon hududida ro‘y bergan.
 
Guvohlarning hikoya qilishicha, tog‘ yuqorisidagi bir necha kishiga selfi tushishi vaqtida chaqmoq kelib urilgan.
 
Xabarda yozilishicha, o‘sha kuni xiyobon hududida 2 kishi halok bo‘lgan, ikkinchi qurbonning aynan qanday sabab bilan halok bo‘lgani aniqlanmagan. Chaqmoqqa uchraganlardan yana ikki nafari shifoxonaga olib borilgan.
 
Top