01:58 / 08.07.2015
5789

Joriy yilning 1-yarim yilligida “Toshkent” Respublika fond birjasidagi aylanma 80 mlrd so‘mni tashkil etdi

2015 yilning 1-yarim yilligida “Toshkent” Respublika fond birjasidagi tuzilgan bitimlar soni oxirgi 5 yil ichida rekord natijani, ya'ni 1258 tani tashkil qildi. Bu o‘tgan yildagi shu davrdagi ko‘rsatkichdan (437 ta bitim) 3 marta va 2014 yil yakunlariga ko‘ra (893 ta bitim) 1,3 marta ko‘proqni tashkil etdi.

Qimmatbaho qog‘ozlar birja aylanmasida ham sezilarli o‘sish qayd etilib, 80 mlrd so‘mni tashkil qildi, bu ko‘rsatkich avvalgi yildagi shu davrdagi ko‘rsatkichdan (37 mlrd so‘m) 2,2 marta ko‘proqni tashkil qildi.

Savdolarda 50 ta emitentning 138,6 mln ta qimmatbaho qog‘ozi ishtirok etdi.

Sohaviy kesimda bank sektori yetakchilik qilmoqda, bu sohaga butun birja aylanmasining 94,8 foizi, ya'ni 75,8 mlrd so‘m to‘g‘ri kelmoqda. Bunda eng ko‘p bitim “Ipoteka bank” aksiyalari bilan tuzilgan, ya'ni 43,1 mlrd so‘mni yoki tijorat banklarining umumiy aylanmasidan 57 foizni hamda butun birja aylanmasidan 54 foizni tashkil qildi.

Yuridik shaxslar o‘rtasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarining va sug‘urta kompaniyalarining investitsion faolligi o‘sishi kuzatilmoqda, ularning ulushi mos ravishda birja aylanmasida 14 foizni yoki 11 mlrd so‘mni hamda 12 foizni yoki 10 mlrd so‘mni tashkil qilmoqda.

Top