17:41 / 08.07.2015
4066

MTS Moskva metropolitenida internet tezligini oshirdi

MTS Moskva metropolitenining Tagansk va Sokolnichiy yo‘nalishlarida 42 Mbit/sekund tezlikdagi mobil internet tarmog‘ini o‘rnatdi. Shuningdek, Rossiyada birinchi marta uchinchi avlod stansiyalarining o‘rnatilishi hisobiga tunnellarda antenna qoplamasi kengaytirildi. Bu haqda kompaniya xabarnomasida aytilmoqda.
Ushbu xizmatlarni ko‘rsatish uchun kompaniya uchinchi avlod stansiyalarini qo‘llamoqda.
“Poytaxt foydalanuvchilari nihoyatda faoldir – mijozlarimiz tomonidan Moskva viloyatida qo‘llanadigan telefonlarning yarmidan ko‘pi 3G tarmog‘iga ulangan, ular ishlatadigan internet trafigining hajmi esa bir yil ichida ikki barobarga o‘sdi. MTS tarmoqni talab ko‘p joyda o‘stirishga harakat qilmoqda”, – dedi bu borada kompaniyaning Moskva bo‘yicha direktori Kirill Dmitriyev.

Top