06:48 / 08.07.2015
2352

Mutko Rossiya futbol ittifoqi rahbarligi uchun nomzodini qo‘ydi

Rossiya sport vaziri hisoblanadigan Vitaliy Mutko Volgograd viloyatidan Rossiya futbol ittifoqi prezidentligi uchun o‘z nomzodini ko‘rsatdi.

"7 iyul kuni o‘tkazilgan Volgograd viloyati futbol federatsiyasi ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi vaqtida Rossiya Federatsiyasi Sport ishlari vaziri Vitaliy Leontevich Mutko RFI prezidentligi uchun o‘z nomzodini qo‘yishi ma'lum qilindi", deyiladi ushbu viloyat sharafini himoya qiladigan "Rotor" jamoasining rasmiy saytida.

Biroz oldinroq, Davlat dumasi vitse-spikeri Igor Lebedev RFI prezidentligi uchun saylovga birinchi bo‘lib o‘z nomzodini taqdim qilgandi.

Top