02:25 / 08.07.2015
3707

O‘zbekiston Kubogi. «Lokomotiv» va «Nasaf» yarim finalga yo‘l olishdi

O‘zbekiston Kubogi chorak finalining javob o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Toshkentda “Lokomotiv” klubi “Metallurg” jamoasiga qarshi maydonga tushib, kichik hisobda g‘alaba qozondi.

Yagona golga uchrashuvning 5-daqiqasida Sanjar Shoahmedov mualliflik qildi. Dastlabki o‘yinda ham Vadim Abramov shogirdlari kichik hisobda ustun kelishganini ta'kidlab o‘tish zarur.

Yana bir o‘yin Qarshida bo‘lib o‘tdi. Chorak finalning dastlabki o‘yinidayoq yarim final masalasini hal qilib, 6:0 hisobida raqibini mag‘lub etgan “Nasaf” klubi “Paxtakor-2” bilan to‘qnash keldi.

Dastlab, o‘yinning 16-daqiqasida himoyachilarning xatosidan keyin Farruh Sayfiyev uchrashuvda hisobni ochdi - 1:0. Oradan uch daqiqa o‘tib, darvoza ustuniga tegib qaytgan to‘pni Doniyor Narzullayev osonlik bilan bo‘sh qolgan darvozaga yo‘lladi - 2:0. Ushbu hisob o‘yin oxiriga qadar o‘zgarmay qoldi. Demak, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra raqibini 8:0 hisobida taslim etgan “Nasaf” Kubok musobaqasining yarim finaliga yo‘l oldi.

“Lokomotiv” – “Metallurg” 1:0
Gol: S.Shoahmedov, 5
Dastlabki o‘yin: 1:0

“Nasaf” – “Paxtakor-2” 2:0
Gol: F.Sayfiyev (16), D.Narzullayev (19).
Dastlabki o‘yin: 6:0

Manba: uff.uz

Top