12:26 / 08.07.2015
10491

O‘zbekistonlik harbiylar AQShlik hamkasblari bilan tajriba almashdi

O‘zbekiston Markaziy harbiy okrugining harbiy qismlaridan birida O‘zbekiston va AQSh harbiy xizmatchilarining hamkorlikdagi mashg‘ulotlari yakunlariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Unda mudofaa vazirligining ma'sul zobitlari ishtirok etdi.
Jurnalist Shavkat Ahmedovning yozishicha, tadbir davomida trening ishtirokchilariga sertifikatlar berildi.
“Mintaqa barqarorligini ta'minlash ishida O‘zbekistonninng mustaqil siyosati muhim o‘rin tutadi, – dedi trening rahbari, kapitan Cheyz MakKoy. – Qurolli kuchlaringizning yuqori darajadagi tayyorgarligi tufayli mamlakatingiz barqaror va farovondir. Trening juda samarador o‘tkazildi. Undan ko‘zlangan maqsad – ishtirokchilarni harbiy sohaning oxirgi yutuqlari bilan tanishtirish va ularning malakasini oshirishga to‘liq erishildi”.
AQShdan tashrif buyurgan mehmonlar Toshkent, Jizzax, Samarqand va Buxorodagi tarixiy yodgorliklar bilan tanishib chiqishdi va ulardan katta taassurotlarga ega bo‘ldi.

Top