18:10 / 08.07.2015
7507

«O‘zbekturizm» «O‘zbekiston» yo‘l ko‘rsatkichi elektron variantining namoyishini o‘tkazdi

8 iyul kuni «O‘zbekturizm» milliy kompaniyasi binosida «O‘zbekiston» yo‘l ko‘rsatkichi elektron variantining namoyishi bo‘lib o‘tdi, deya yozadi «O‘zbekturizm» matbuot xizmati.

Manbaning yozishicha, mazkur yo‘l ko‘rsatkich «Rus gidi. Poliglot» nashr seriyasi doirasida «Marakanda Expedition» kompaniyasining buyurtmasi bo‘yicha «Ayaks-Press» bilan hamkorlikda nashr qilinishi rejalashtirilmoqda va yo‘l ko‘rsatkich asosan Rossiya sayyohlari va sayyohlik kompaniyalari uchun mo‘ljallangan.

Nashr tirajining umumiy miqdori 10 ming namunada beriladi. Ushbu so‘rovnoma 2015 yilning sentabr oyida nashr qilinishi rejalashtirilmoqda.

So‘rovnoma Rossiya kitob magazinlari, chakana savdo tarmoqlari, supermarket tarmoqlari, xalqaro aeroportlarda joylashgan savdo maskanlarida, «duty-free» magazinlarida, sayyohlik agentliklarida, internet-magazinlarda va kitob ko‘rgazmalarida savdoga chiqariladi.

140 sahifadan iborat bo‘lgan ushbu yo‘l ko‘rsatkich Rossiyalik sayyohlarni mamlakatimizdagi sayyohlik marshrutlari, ko‘zga ko‘ringan joylari, muzeylari, mehmonxonalari va restoranlari, ayniqsa mamlakat madaniyati, aholi urf-odatlari va an'analari bilan tanishtiruvchi, shuningdek amaliy maslahatlar beruvchi manba sifatida nashr qilinishi ko‘zda tutilmoqda.

Yo‘l ko‘rsatkich 3ta, «Sayyohatni rejalashtirish», «Mamlakat va aholi» va «O‘zbekiston bo‘yicha mashrutlar» bo‘limlaridan iborat bo‘ladi.

Top