23:55 / 08.07.2015
4760

Qirg‘iziston prezidentining akasi vafot etdi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyevning katta akasi Kaliybek Sharshenov 63 yoshida vafot etdi. Bu haqda Atamboyevning matbuot kotibi Janar Akayevga iqtibos keltirgan holda “Interfaks” axborot agentligi xabar berdi

Akayevning aytishicha, Sharshenov 8 iyul kunduz kuni o‘zini yomon his qila boshlagan.

RIA “Novosti” ma'lumotlariga ko‘ra, Qirg‘iziston prezidentining 8-10 iyul kunlari Ufada bo‘lib o‘tadigan BRIKS va ShHTda ishtiroki bekor qilinishi hozircha muhokama qilinmagan.

Top