02:00 / 08.07.2015
5817

Rossiyaning Kirov viloyatida omborxonani ta'mirlash paytida 15 yillik odam skeleti topildi

3 iyul kuni Rossiyaning Kirov viloyati Ichki ishlar vazirligi boshqarmasi tergov idoralariga Gonba qishlog‘ida yashovchi ayol o‘zining omborxonasida odam qoldiqlarini topgani haqida xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga tergov boshqarmasi xodimlari yetib kelganlar. Tekshiruv natijalariga ko‘ra omborxonaning yeridan boshidan jarohat olgan erkak kishining skelet qoldiqlari topilgan.

Tergovning aniqlashicha, 2000 yilgacha bu uyda erkak va ayol birga yashagan. Kunlardan birida ular orasida janjal chiqqan, erkak o‘z ma'shuqasini ura boshlagan. Ularnikida mehmonda bo‘lgan ayolning marhum erining ukasi ayolni yonini ola boshlagan.

Tergov taxminiga ko‘ra, erkaklar hovliga chiqib, bir-birlari bilan mushtlashib ketishgan. Ayol ularning ketidan chiqib, ularni tinchlantirmoqchi bo‘lgan. Ayolning aytishicha, mushtlashuv paytida marhum erining ukasi ikinchi erkakning boshiga bir necha marta tayoq bilan urgan.

Buni ko‘rgan ayol qo‘rqib ketib, uyga kirib ketgan va uydan qochib ketgan. U shu qochgancha Malmij shahrida bitta xalatda o‘ziga kelgan, shundan keyin u ikki yil davomida ruhiy kasalliklar shifoxonasida davolangan. U o‘shavoqeadan keyin o‘zi bilan yashagan erkak va marhum erining ukasini ko‘rmagan.

Tergovchilarning aniqlashicha, o‘sha voqeadan keyin erkak qidiruvga berilgan. Bir qancha vaqtdan keyin uyda yong‘in chiqqan. Bu yong‘inda ayolning marhum erining ukasi halok bo‘lgan. Ayol esa shifoxonadan chiqqach, ushbu uyni hozirgi egalariga sotib yuborgan.

Ayni paytda erkakning shaxsini aniqlash bo‘yicha bir qator ekspertizalar o‘tkazish belgilandi. “Qotillik” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Top