16:33 / 08.07.2015
1745

"Tottenhem" Alderveyreldning transferini e'lon qildi

"Atletiko" jamoasining belgiyalik himoyachisi Tobias Alderveyreld rasman "Tottenhem" a'zosiga aylandi. Bu haqda "shporlar" jamoasining rasmiy saytida xabar qilindi.

Londonliklar ushbu futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolashgan.

Biroz oldinroq, ushbu transfer qiymati 16 mln yevroni tashkil qilishi aytilgandi.

O‘tgan mavsumni "Sautgempton"da ijara asosida o‘tkazgan futbolchi sautgemptonliklar tomonidan 6,8 mln funt evaziga sotib olinishi ham mumkin bo‘lgan. Bu band bekor qilinishi uchun "Atletiko" inglizlarga 1,5 mln funt tovon puli to‘lagan.

U o‘z tvitterida "Sautgempton" jamoasi muxlislari bilan xayrlashgan hamda ularga o‘z minnatdorchiligini izhor qilgan.

Top