10:46 / 09.07.2015
6083

Abramovich yaxtasi fonida selfi tarzida suratga tushish paytida jabrlangan yigitga yordam ko‘rsatdi

Rossiyalik milliarder Roman Abramovich unga tegishli yaxta fonida selfi tarzida suratga tushish paytida jabrlangan yosh yigitga yordam berish uchun o‘z yaxtasi ekipajining ikki a'zosini yordamga yubordi. Bu haqda Scotland Now nashri xabar bermoqda.

Noxush voqea Abramovichning shotland orollari bo‘ylab sayohati davomida Arran oroliga tashrifi paytida ro‘y berdi.

20 yoshli yigit bolalar maydonidagi arg‘imchoqda turib, o‘zini Abramovichning yaxtasi fonida suratga olmoqchi bo‘lganda arg‘imchoqdan yiqilib tushdi. Abramovich yigitning yiqilishi oqibatida jiddiy jarohat olganini ko‘rib, unga yaxtasidagi xodimlaridan ikki nafarini yordam uchun yubordi. Ular yigitning bo‘yniga taktaxach (shina) qo‘yishdi va shifokorlar yetib kelguncha unga kislorod niqobidan havo berib turishdi.

Top