09:43 / 09.07.2015
3796

Baltimor politsiyasi boshlig‘i ko‘p sonli qotilliklar tufayli o‘z xizmat lavozimidan bo‘shatildi

Baltimor politsiyasi boshlig‘i Entoni Betts shaharda qotilliklar soni ko‘payib borayotgani tufayli o‘z xizmat lavozimidan bo‘shatildi, deb xabar bermoqda Fox News telekanali.

Baltimor meri Stefani Roulins-Bleyk 2012 yilda shahar politsiyasi boshlig‘i qilib tayinlangan Bettsni ko‘p sondagi shov-shuvli qotilliklar tufayli lavozimidan bo‘shatishga qaror qildi.

Bu davr mobaynida qo‘zg‘atilgan ishlardan ko‘pchiligi jamiyatda katta ovozaga ega bo‘ldi va jamoatchilik orasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Top