12:16 / 09.07.2015
6602

Beeline abonentlari CLICK avtoto‘lovi yordamida hisoblarini istalgan payt to‘ldirishlari mumkin

O‘zbekiston yirik aloqa operatori Beeline ”CLIKC orqali Beeline avtotshchlovi” nomli innovatsion balans to‘ldirish usuli haqida eslatib o‘tadi. Mobil telefon orqali so‘m plastik kartasi yordamida avtomatik tarzda hisobni to‘ldirish imkonini beradigan xizmat faqat Beeline abonentlari uchun mavjud.

“Raqamli texnologiyalar xisobni to‘ldirish jarayonini takomillashtirishga imkon berdi, va biz SLICK kompaniyasi bilan hamkorlikda abonentlarimizga ushbu noyob xizmatni taklif qilganimizdan mamnunmiz, – voqeani sharhlaydi Unitel‘ning tijorat direktori Maksim Yefremov. – Mijozlarimizga qo‘shimcha qulayliklar yaratish biz uchun muhim. Mobil raqami xisobida 1$ kam mablag‘ qolishi bilan abonentning plastik kartasidan avtoto‘lov amalga oshiriladi. Avvaldan sozlamalarda abonent ko‘rsatgan miqdorga ko‘ra kartadan mablag‘ yechilib olinadi. Barchasi avtomatik tarzda amalga oshiriladi, va sutkaning istalgan payti ishonchli aloqa ta'minlanadi”.

“CLIKC orqali Beeline avtoto‘lovi” xizmatining sozlamalarida hisobga avtoto‘lovni amalga oshirish uchun bir necha variantlari mavjud: 5 000 so‘m, 10 000 so‘m, 15 000 so‘m, 20 000 so‘m va 50 000 so‘m. Abonent raqamining balansini avtomatik rejimda to‘ldirib boradi, amalga oshirilgan faktdagi to‘lovlardan SMS orqali xabardor qilib turadi. Mazkur xizmat mijozning minimal qatnashuvini talab qiladi. U muddatsiz ravishda amal qilishi uchun xizmatni faqatgina bir marotaba yoqtirish lozim.

Foydalanuvchilarga qulay bo‘lishi uchun, mazkur xizmatga beshtagacha Beeline raqami ulanishi imkoniyati amalga oshirilgan. Xizmatni ulash va uni sozlash CLICK tizimining USSD-menyusida (*880#) amalga oshirilishi mumkin. Agar abonent CLIKC tizimining foydalanuvchisi bo‘lmasa, o‘z banki yoki CLIKC tizimining qo‘llab-quvvatlash xizmatiga, yoki tizimning kontakt-markaziga +998 71 2310880 raqami bo‘yicha ma'lumot uchun murojaat etish lozim.

 

Top