17:58 / 09.07.2015
5520

Braziliya, Kuba, Chili, Malayziya va BAA Qozog‘iston bilan viza tartibini bekor qilishi mumkin

Qozog‘iston TIV birinchi o‘rinbosari Rapil Jo‘shiboyevning ma'lum qilishicha, Qozog‘iston Braziliya, Kuba, Chili, Malayziya va BAA bilan vizasiz tartib haqida kelishuv imzolashga tayyorlanmoqda.

“Ayni paytda diplomatik va xizmat pasportlarini vizalardan ozod qilish borasida kelishuvga erishdik. Jarayon shundan boshlanadi. Shu paytgacha 63 mamlakat bilan diplomatik pasportlar, 40 davlat bilan xizmat pasportlari bo‘yicha kelishuvga erishdik; umumfuqarolik pasportlari bo‘yicha hozircha 18 davlat bilan kelishuvimiz bor, bu ro‘yxatni kengaytirish uchun ishlamoqdamiz”, – dedi u brifing chog‘ida.
“MDHdan tashqari, – davom etdi siyosatchi, – Serbiya, Turkiya, Evkador, Janubiy Koreya ro‘yxatda bor. Hozir Braziliya, Kuba, Chili, Malayziya va BAA bilan kelishuv imzolash arafasida turibmiz”.
Ilgariroq Qozog‘iston 34 davlat bilan bir tomonlama tartibda vizasiz tartib kiritishi ma'lum qilingan edi.

Top