14:24 / 09.07.2015
4048

Buxoroda yilning eng yaxshi mahalla maslahatchisi tanlandi

Har yili “Mahalla” xayriya jamoat fondi tashabbusi bilan bir qator vazirliklar, idora va tashkilotlar hamkorligida mahalla maslahatchilarining vazifalari ijrosini ta'minlash borasidagi ishlarini o‘rganish va munosiblarni rag‘batlantirish maqsadida “Fuqarolar yig‘inining eng namunali diniy-ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning may oyida tanlovning tuman, shahar bosqichlari, iyunda esa Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahar saralash bosqichlari o‘tkazildi.
“Jamiyat” gazetasining yozishicha, 7 iyul kuni tanlovi respublika bosqichi Buxoro shahrida o‘tkazildi. Unda hududlarda g‘olib bo‘lgan 14 nafar maslahatchi ishtirok etib, 3ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdi.

Top