08:11 / 09.07.2015
2021

Donald Tramp lotin amerikaliklar unga ovoz berishlariga ishonchi komilligini aytdi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp meksikaliklarini yaxshi ko‘rishini va lotin amerikaliklar unga ovoz berishlarini aytdi.

“Meksikaliklarga munosabatim a'lo darajada. Men ular uchun qonuniy ish o‘rinlari yarataman. Men ularni yaxshi ko‘raman, ular esa meni. Agar saylovlarda ishtirok etsam, lotin amerikaliklar menga ovoz berishlariga va'da beraman”, deb aytmoqda Tramp.

Trampning aytishicha, u juda ko‘p ishchi o‘rni yaratadi.

“Men ishchi o‘rinlar yaratman, Xillari Klinton va hattoki Jyeb Bush ham buni qila olmaydi”, deb ta'kidlamoqda Tramp.

Avvalroq Tramp AQShni meksikalik jinoiy elementlar uchun “chiqindixona” deb atagan edi. O‘z navbatida Hillari Klinton milliarder Trampning meksikalik muhojirlar haqidagi salbiy so‘zlaridan “juda afsusdaligini” aytgan edi.

Top