23:38 / 09.07.2015
6860

Erdo‘g‘an bosh vazirga Turkiya hukumati tarkibini tasdiqlash vazifasini topshirdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an mamlakat bosh vaziri Axmet Dovudo‘g‘luga hukumat tarkibini shakllantirish vazifasini topshirdi. Bu haqda Dovudo‘g‘lu matbuot kotibi tvitterda xabar berdi.

“Prezidentimiz janob Dovudo‘g‘luga Turkiyaning 63-hukumatini shakllantirish vakolatini berdi”, deyilmoqda xabarda.

Turkiyaning yangi parlamenti 45 kun ichida yangi vazirlar mahkamasini shakllantirib, uni tasdiqlashi kerak. Agar parlament bu jarayonni muddatida bajara olmasa, prezident parlamentni tarqatib, yangi muddatidan avvalgi saylovlar o‘tkazishni belgilaydi.

Top