12:20 / 09.07.2015
13485

Insonga xavf soluvchi 15 jonivor ro‘yxati e'lon qilindi

Odamlarning jonivorlar tufayli halok bo‘lishi bo‘yicha xalqaro statistika asosida tuzilgan ro‘yxatdan inson hayotiga xavf soluvchi 15 asosiy jonivor o‘rin oldi. Aniqlanishicha, nahanglar, bo‘rilar va timsohlar chivinlarga nisbatan kamroq odamni hayotdan judo qiladi.
Jumladan, har yili nahanglar va bo‘rilar hujumi natijasida o‘ntadan, arslonlar va fillar hujumi natijasida yuztadan, karkidonlar hujumidan besh yuz, timsohlar hujumidan ming kishi halok bo‘ladi.
Shu bilan birga, tasmasimon chuvalchanglar yiliga 2 ming, tsetse pashshasi 9 ming, Afrika taxtakanasidan 12 ming kishini o‘ldiradi.
Eng xavfli jonivorlar ro‘yxatida oltinchi o‘rinni itlar oldi – ularning tishlaridan yiliga 40 ming kishi halok bo‘ladi.
Beshinchi o‘rinda ilonlar turibdi – ular yiliga 50 ming kishini o‘ldiradi. To‘rtinchi o‘rinni egallagan askaridalar inson tanasiga joylashib olishi natijasida yiliga 60 ming kishi o‘ladi.
Kuchli uchlikdan qorinoyoqli mollyuskalar (yiliga 110 ming), odamning o‘zi (475 ming) va bezgak qo‘zg‘atuvchi iskabtoparlar (725 ming) o‘rin oldi.

Top