17:16 / 09.07.2015
7666

Jizzaxda to‘rtta ayolni aldab, pul undirib yurgan korxona rahbari sudlanmoqda

Jizzaxning Arnasoy tumanida ishlovchi “Miroqil Rahmonqulov” nomli xususiy korxona rahbari Abilqosim to‘rt nafar ayolni aldab, o‘z korxonasiga ishga olish bahonasida ulardan pul undirib yurgani aniqlandi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Aytilishicha, u go‘zallik saloni ochishni niyat qilib yurgan Ozoda Mamaraimovani o‘z korxonasiga “ishga olib”, uning barcha soliqlardan ozod etilganligini va korxonaga oyiga 65 ming so‘m to‘lab turishi kerakligini aytgan. To‘rt yil mobaynida ayol Abilqosimga jami 1.415 mln so‘m to‘lagan.

Fotosalonchi Gulmira ham uch oy mobaynida mana shunday tartibda Abilqosimning korxonasiga ishga kirib, uch oy mobaynida unga 300 ming so‘m bergan.
Bundan tashqari, G. Shirinova 888 ming so‘m, F. Iskandarova esa 340 ming so‘m korxonaga to‘lagan. Bu to‘lovlar yuzasidan Abilqosim o‘z “ishchi”lariga soxta kvitansiyalar berib borgan.

DSIning navbatdagi tekshiruvlaridan birida bu holat fosh etilib, Abilqosim sudga tortildi. Dastlabki tergov jarayonida jabrlanuvchilarga yetkazilgan zarar undirib berildi.

Top