09:58 / 09.07.2015
4782

Londonliklar 1 kunga metrosiz qoldi

Londonliklar bir kun davomida metropoliten xizmatidan foydalana olmaydi. Metropoliten xizmatchilarining oxirgi yillardagi eng yirik ish tashlashi shu haftaning payshanba kuniga mo‘ljallangan.

24 soatlik norozilik aksiyasida 20 ming kishi ishtirok etadi. Ularning manfaatlarini to‘rtta kasaba uyushmasi himoya qiladi. Ishchilar metropoliten rahbariyatidan 12 sentabrdan metroning dam olish kunlari 24 soatlik ish tartibiga o‘tishi munosabati bilan maosh to‘lash shartlarini qayta ko‘rib chiqishni talab qilmoqda. Bir necha hafta davom etgan muzokaralar kerakli natijani bermadi. Kecha mahalliy vaqt bilan 18:00da metro ishi to‘xtadi.

Ko‘p odamlar ish tashlash boshlanishidan oldin uyga yetib olish uchun ishdan ertaroq chiqishdi, buning natijasida shahar markazida ulkan olomon to‘plandi.

Hozircha biror jiddiy huquqbuzarlik, tartibsizlik yoki ko‘ngilsiz voqea kuzatilmadi, lekin shahar ko‘chalarida tirbandlik kuzatilmoqda.

Shu kunlarda shaharda bo‘layotgan eng yirik tadbir Uimbldon tennis turniri edi. Shotlandiyalik yulduz Endi Marreyning chorak finaldagi bahsi chog‘ida markaziy kortda “Metroga bog‘liq barcha imkon qadar ketib olsin” degan e'lon paydo bo‘ldi.

Top