07:13 / 09.07.2015
2329

Luis Enrike Turonning “Galatasaray”ga ijaraga berilishiga qarshi chiqmoqda

“Barselona” bosh murabbiyi Luis Enrike yarim himoyachi Arda Turonning “Galatasaray”ga ijara asosida o‘tishiga qarshi ekanligini bildirdi.

Avvalroq katalon klubi futbolchini yangi o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga taqiqlov tugaguncha ijaraga berishi ma'lum qilingandi.

Luis Enrike turkiyalik futbolchining “Barselona”dagi sharoitlarga moslashishi, yangi klubdagi sheriklari va klubning falsafasini yaxshi bilib olishida ko‘proq ma'no ko‘rayotganini aytdi.

 

Top