08:22 / 09.07.2015
21003

Moskva viloyatida uch nafar o‘zbekistonlik bir ayol va uning o‘g‘lini o‘ldirganlikda gumon qilinmoqda

Rossiyaning Moskva viloyatida uch nafar o‘zbekistonlik 47 yoshli tadbirkor ayol va uning 27 yoshli o‘g‘lini o‘ldirganlikda gumon qilinmoqdalar. Halok bo‘lganlarning yonib ketgan jasadlari 15 iyunda jabrlanuvchilarning Serpuxovadagi kvartirasida aniqlandi

Ushbu holat yuzasidan o‘tkazilgan tergov harakatlari va tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni sodir etishga uch nafar o‘zbekistonlik aloqador ekanligi aniqlandi. Ular yashaydigan joylarida qo‘lga olindilar. Qo‘lga olinganlar so‘roq paytida jinoyatni sodir etganliklarini tan olishdi.

Tergovning aniqlashicha, qo‘lga olinganlardan biri ayolning qo‘lida yuk tashuvchi bo‘lib ishlagan: erkak uning daromadlari haqida yaxshi ma'lumotga ega bo‘lgan va o‘z tanishlari bilan ayolni tunab, o‘ldirishga qaror qilgan.

Jinoyatchilar 15 iyunda ayolning uyiga kelib, uy eshigi ochilganda ayol va uning o‘g‘liga hujum qilishgan. Jinoyatchilar ularni o‘ldirib, uyni yoqib, uydagi seyfni olgancha voqea joyidan g‘oyib bo‘lishgan.

Top