13:16 / 09.07.2015
3651

Narendra Modi: sanksiyalar tufayli ham BRIKS hamkorligini mustahkamlash kerak

Sanktsiyalar jahon iqtisodiyotiga salbiy ta'sir o‘tkazmoqda. Hindiston bosh vaziri Narendra Modining fikricha, aynan shu tufayli ham BRIKS doirasidagi hamkorlikni kengaytirish kerak.
“YeI katta qiyinchiliklarga duch kelmoqda, moliya bozorlaridagi vaziyat beqaror, sanksiyalar esa global iqtisodiyotga zarar keltirmoqda. BRIKS davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish muhim bo‘lib ko‘rinmoqda”, – uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.
Eslatib o‘tamiz, Ufa shahrida BRIKS va ShHT tashkilotlarining sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirlar 8-10 iyul kunlari davom etadi. Joriy yilda har ikki tashkilotda ham Rossiya raislik qilmoqda.

Top