16:54 / 09.07.2015
10873

Navoiyda namunali uylar qurilishida pul o‘zlashtirgan rahbar hibsga olindi

2010 yili ro‘yxatga olingan “Kogon universal servis” ixtisoslashtirilgan ta'mir-qurilish korxonasi rahbari Shahobiddin Ergashev namunali uylar qurilishida yo‘l qo‘ygan huquqbuzarliklari uchun hibsga olindi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.
“Qishloqqurilishinvest” MChJ bilan “Kogon universal servis” o‘rtasida 2013 yid 9 aprel kuni Kogon tumani Dehchaavg‘on qishlog‘ida qiymati 1.274 mlrd so‘mlik 10 uy-joy qurilish to‘g‘risida shartnoma tuzilgan.
U MChJ texnik nazoratchisi Hojiqul Hasanov bilan til biriktirib, 2013 yil 25 dekabrida tuzilgan hisob varaqasi fakturalarini soxtalashtirdi. 58.727 mln so‘mlik bajarilmagan ishlar haqida soxta ma'lumotlar kiritdi. Bundan tashqari, 36 mln so‘mlik soliq va majburiy to‘lovlar ham to‘lanmay qolib ketdi.

Top