17:12 / 09.07.2015
16427

Nukusda naqd pulga savdo qilgan tijoratchilar qo‘lga olindi

Qoraqalpog‘iston markazi Nukusda faoliyat yuritgan bir qancha korxonalar naqd pulga savdo qilib, pullarni kassa mashinasidan o‘tkazmaganligi aniqlandi. Bu haqda SVOJJDLQK departamenti Nukus shahar bo‘limi katta inspektori Aydos Risnazarov axborot berdi.
Jumladan, oxirgi paytlarda Nukus shahridagi “Sarsenbiy Nukus” MChJ mansabdor shaxslari 2009-2014 yillar davomida hujjatlarsiz 180 272.1 ming so‘mlik tovarlarni noqonuniy sotib, savdodan tushgan 11 mln so‘mdan ortiq naqd pullarni kassa mashinasidan o‘tkazmaganligi va bankka topshirmaganligi aniqlandi.
“Nukus Shohjahon” MChJ esa 2012-2014 yillar davomida jamiyatga kirim qilinmagan tovarlarni sotib, 200 mln so‘mdan ortiq naqd pulni bankka topshirmagan.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Top