17:07 / 09.07.2015
9800

O‘zbekiston prezidenti ShHT sammitida ishtirok etish uchun Ufaga yetib bordi

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Ufaga Shanxay hamkorlik tashkiloti ishida ishtirok etish uchun yetib keldi.

ShHT doimiy tarzda faoliyat yurituvchi xalqaro tashkilot bo‘lib, uning yaratilishi haqida 2001 yilning 15 iyunida Shanxayda e'lon qilingan. ShHT faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari terrorchilik, ekstremizmga qarshi birgalikda kurashish, ta'lim, energetika, neft-gaz, transport, telekommunikatsiya va boshqa sohalarda hamkorlik qilishdan iborat.

Hozirda O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy va Tojikiston ShHTning a'zolari hisoblanadilar. Afg‘oniston, Hindiston, Eron, Mo‘g‘iliston va Pokiston tashkilotda kuzatuvchilar maqomiga ega, Belarus, Turkiya va Shri-Lanka “suhbat bo‘yicha hamkorlar” hisoblanishadi.

ShHTga kiruvchi davlatlarning umumiy aholisi 1,597 mlrd kishini, ya'ni sayyoramizning deyarli chorak qismini, umumiy yalpi ichki mahsulot 11,6 trln dollarni tashkil qiladi.

Ufada bo‘lib o‘tadigan ShHTning navbatdagi sammitida tashkilotning 2025 yilgacha mo‘ljallangan rivojlanish dasturi qabul qilinishi hamda Hindiston va Pokistonning tashkilotga qo‘shilishi jarayoni boshlanishi kutilmoqda.

Top