14:46 / 09.07.2015
24391

O‘zbekistonlik shifokor qizlarning “ochiq-sochiq” kiyinishi teri kasalliklariga olib kelishini aytdi

Ayollarning “ochiq-sochiq” kiyinishi turli teri kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin. Bu haqda tibbiyot fanlari nomzodi Ixlos Shukurov aytib o‘tdi.
“Ayollarning terisi nozik va ta'sirchan bo‘ladi. Hozirda tabiatda ultrabinafsha nurlarining ko‘payishi va ayollarimizning ochiq-sochiq kiyinishi natijasida quyosh ta'sirida yuzaga keladigan ko‘p shaklli eksudativ eritema va fotokontaktli dermatit xastaliklari, teri toshmalari uchrab turibdi. Kimdir bir marta yengil kiyinib, kasal bo‘lib qolarmidim, deb e'tiroz bildirishi mumkin. Lekin bu noto‘g‘ri. Bir marta ochiq kiyingan holda quyosh tig‘ida yurib ayrim kasalliklarni orttirib olish mumkin”, – uning so‘zlarini keltiradi “Jamiyat” gazetasi.

Oxirgi oylarda O‘zbekistonda ayollarning kiyinish madaniyati muhokamasi to‘xtamayapti. Bir qator gazetalar bilan bir qatorda, Xotin-qizlar qo‘mitasi mas'ul xodimlari ham bu masala haqida o‘z fikrlarini aytib o‘tdilar. OAVda chiqish qilayotgan jurnalistlar va jamoat arboblarining fikrlari doimo bir joydan chiqmoqda: “ochiq-sochiq” kiyinish qattiq tanqid ostiga olinmoqda.

Top