07:51 / 09.07.2015
4283

O‘zbekistonning 14ta yirik shahridagi havoning ifloslanganlik indeksi pasayganligi qayd etildi

8 iyulda Atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini boshqarish ishchi guruhining yg‘ilishida O‘zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi boshilig‘i Baxtiyor Abdusamatov O‘zbekistonning 14ta shaharida havoning ifloslanganlik indeksi IZA 5 belgisidan pasayganini ma'lum qildi.

IZA 5 ko‘rsatkichi atmosferaning qoniqarli darajada ekanini bildiradi.

Abdusamatov ushbu shaharlar va o‘zgarish dinamikasi haqida aniq ma'lumot bermadi.

“O‘zbekistonning 14ta yirik shahari bo‘yicha havoning ifloslanganlik indeksi 5 qiymatidan pasaydi, bu atmosfera havosining tozaligini bildiradi. Chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiyalash bilan shug‘ullanuvchi korxonalar sonining ko‘payayotgani kuzatilmoqda. Xususan, polimer mahsulotlar ishlab chiqaruvchi 80ta korxonada ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash va ulardan qayta foydalanish tatbiq qilindi”, deydi Abdusamatov.

“2000 yildan beri ifloslantiruvchi moddalarning havoga chiqarilishi aholi soniga nisbatan 20 foizga kamaydi. Sho‘rxok sug‘oriladigan yerlarning maydoni 6 foizga qisqardi, shu bilan birga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish o‘sishi sur'atlari ikki marta oshdi. Bugungi kunda 100 foiz shaharlar va shahar aholi punktlari hamda 78 foiz qishloq aholi punktlari markazlashgan suv ta'minoti bilan qamrab olingan. Bu 1991 yildagi ko‘rsatkichdan 4 barobar ko‘proqni tashkil qiladi”, deb qo‘shimcha qildi Baxtiyor Abdusamatov.

Top