19:37 / 09.07.2015
3569

Procter & Gamble kompaniyasining 43ta brendi 12,5 mlrd dollar evaziga sotildi

AQShdagi kosmetik buyumlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan Coty Inc. kompaniyasi Procter & Gamble kompaniyasining 43ta brendini sotib oldi. Bu haqda Business Insider nashrida yozilgan.

Shu tariqa Coty professional soch va teri parvarishlash, kosmetika hamda parfyurmeriya brendlari ustidan nazoratni qo‘lga oladi.

"Coty bilan shartnoma strategik qaror hisoblanadi. Kompaniya vaqt sinovidan o‘tgan brendlar uchun yangi uy bo‘ladi. Bu kompaniyada o‘z ishining ustalari faoliyat ko‘rsatishadi. Biz buni muvaffaqiyatli hamkorlik deb bilamiz va ikki kompaniya ham bu hamkorlikdan yuqori darajada foyda ko‘radi", deydi P&G kompaniyasining ijrochi direktori Eydji Lafli.

Top