18:03 / 09.07.2015
3777

Qozog‘iston viloyatlarining birida jinoyat haqida xabarni WhatsApp orqali jo‘natish imkoniyati yaratildi

Qozog‘istonning Qustanay viloyati huquq-tartibot idoralari hududda sodir etilgan turli xil qonun buzilish holatlarini WhatsApp ijtimoiy tarmog‘i orqali xabar berish imkoniyatni yaratdi. Bu haqda mahalliy ichki ishlar idoralari manbasiga tayanib Zakon.kz nashri xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, bu turdagi mobil ilova dasturli ishonch telefonini joriy qilish Qustanay viloyati ichki ishlar bo‘yicha rahbari Tlegen Matkenovning xohishiga binoan joriy qilingan. Shuningdek, www.dvdkostanay.kz sayti orqali tezkor xabar qoldirish uchun maxsus xizmat ham joriy qilingan.

Xabarda yozilishicha, hozirgacha bu xizmat orqali 20dan ortiq xabarlar kelib tushgan. Ularning asosini yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlari tashkil qilmoqda.

Top