16:14 / 09.07.2015
11358

ShHT davlatlari ikki yilga mo‘ljallangan terrorchilikka qarshi kurash dasturini qabul qiladi

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar Ufa sammiti davomida yaqin ikki yilga mo‘ljallangan terrorchilikka qarshi kurash dasturini qabul qiladi. Bu haqda tashkilot bosh kotibi Dmitriy Mezentsevga tayangan holda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
“Sammit kun tartibida 2016-2017 yillarga mo‘ljallangan terrorchilikka qarshi kurashda hamkorlik dasturini tasdiqlashdir. Hujjat nafaqat amaliy ahamiyatga ega, balki tashkilotning mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash masalasiga jiddiy e'tibor qaratishini ko‘rsatib beradi”, – dedi Mezentsev.

Top