16:25 / 09.07.2015
8965

Talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha arizalarni qabul qilish jarayoni boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 18 iyundagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq vazirlikning 2015 yil 17 iyundagi 215-sonli buyrug‘i tasdiqlandi.

Unga asosan Qoraqalpog‘iston recpublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda joriy yilning 6 iyulidan 5 avgustiga qadar talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash haqidagi arizalarni qabul qilish bo‘yicha ishchi guruhlar faoliyat olib boradi.

Fuqarolar quyidagi oliy ta'lim muassasalarida tashkil etilgan ishchi guruhlarga murojaat etishlari mumkin.

1. Qoraqalpoq davlat universiteti
2. Andijon davlat universiteti
3. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
4. Jizzax politexnika instituti
5. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
6. Navoiy davlat konchilik instituti
7. Namangan davlat universiteti
8. Samarqand davlat universiteti
9. Guliston davlat universiteti
10. Termiz davlat universiteti
11. Farg‘ona davlat universiteti
12. Urganch davlat universiteti
13. Toshkent arxitektura-qurilish instituti

Top