18:15 / 09.07.2015
12705

Termiz yaqinida Amudaryo suvi sathi 4,3 metrgacha ko‘tarilishi kutilmoqda

FVV bergan xabarga ko‘ra, tog‘lardagi qorlarning erishi tezlashishi munosabati bilan Termiz yaqinida Amudaryo suvining sathi 4 metrdan 4,3 metrgacha ko‘tarilishi mumkin.

Xabarda aytilishicha, qorlarning erishi tezlashishi munosabati bilan 2015 yil 9—12 iyul kunlari Amudaryo daryosining Termiz atrofidagi sathi 400—430 santimetrgacha ko‘tariladi. Suv qirg‘oqlarni yuvib, yaqin atrofdagi hududlarga toshishi mumkin.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan bu haqdagi ogohlantirishlar SMS tarzida fuqarolarga yuborilmoqda.

Top