12:14 / 09.07.2015
2031

Uimbldon tennis turnirining barcha yarim finalchilari nomi ma'lum bo‘ldi

Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida 29 iyun kuni boshlangan Uimbldon turnirining chorak final bosqichi yakunlandi. Endilikda yakkalik bahslarida 8 nafar tennischi qolgan.

9 iyul kuni o‘tkaziladigan ayollar o‘rtasidagi yarim final juftliklarida Serena Uilyams (AQSh) va Mariya Sharapova (Rossiya) uchrashadi. Ikkinchi juftlikda esa polshalik Agneshka Radvanska ispaniyalik Garbine Mugurusaga qarshi kortga chiqadi.

Erkaklar o‘rtasidagi yarim final bahslari esa Rojyer Federer (Shveytsariya) - Endi Marrey (Buyuk Britaniya) hamda Novak Jokovich (Serbiya) - Rishar Gaske (Fransiya) o‘rtasida kechadi.

Federer chorak finalda fransiyalik Jil Simonni 1 soatu 34 daqiqa davom etgan bahsda 6:3, 7:5, 6:2 hisoblarida taslim etgan. Mezbonlar vakili Marrey esa kanadalik Vasek Pospishildan 6:4, 7:5, 6:4 hisoblari bilan ustun kelgan.

O‘z navbatida Rishar Gaske Sten Vavrinka (Shveytsariya) ni, Novak Jokovich esa Marin Chilich (Xorvatiya) ni mag‘lub etgan holda yarim finalga chiqqan.

Top